Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari ham Shandon provinsiyasi haqida gapirib, uning iqtisodi Xitoyda 3-o‘rinda turishi, aholisi 100 milliondan oshiq ekanligi aytdi. Kelgusida Shandon teleradiokompaniyasi orqali universitetimiz hamda turizm haqidagi ko‘rsatuvlar, filmlar namoyish qilinib borilishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi. Mehmonlar universitetimiz hamda Turizm akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.