Ma’ruza Germaniyaning tarixiy shaharlari hududidagi me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish tajribasiga bag‘ishlandi.Yens Jordan Germaniyada mingga yaqin yodgorlikni saqlab qolish va restavratsiya qilish zarurligini ta’kidladi. U bunday ishlarni ilmiy tadqiqotlar va amaliy saqlash ishlariga jalb etilgan yetuk restavrator mutaxassislar olib borishi lozimligini ta'kidladi.
E’tiborga molik jihati shundaki, Yens Jordan O‘zbekistondagi me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish va saqlash holati bilan yaqindan tanish.
U ushbu soha bo‘yicha o‘zbek mutaxassislari bilan hamkorlikda bir nechta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Umuman olganda, ushbu ma’ruza universitetimiz o‘qituvchilari va talabalari uchun foydali bo‘ldi. Ma’ruzachi tomonidan bildirilgan bilim va tajribalar, boy madaniy merosga ega bo‘lgan O‘zbekiston talabalari va mutaxassislari bilimini yanada boyitishga xizmat qildi.