2025-yil 24-aprel kuni Samarqanddagi Qirol Sejong institutida koreys xattotligi darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birinchi bosqich talabalari, shuningdek, Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi koreys tili katta o‘qituvchisi - Baymatova Munira ishtirok etdi.
Mashg‘ulot talabalar uchun an’anaviy koreys yozuvi san’atiga o‘rganish va Koreya madaniyati haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, o‘z qo‘llari bilan xattotlik durdonalarini yaratishga urinib ko‘rish uchun noyob imkoniyat bo‘ldi.