Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Kanada, AQSH, BAA, Janubiy Koreya kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalari o‘z imkoniyatlarini Samarqanddagi umumta’lim maktablari bitiruvchilariga taklif qilishdi. Dastlab tadbirning ochilish marosimida mutasaddilar bitiruvchilar xalqaro darajada ta’lim olishi, ular uchun yaratilgan sharoitlar xususida gapirishdi. Ochiq eshiklar kuni tadbiriga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ham xalqaro darajada mutaxassislar tayyorlaydigan bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bilan ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, aksariyat bitiruvchi yoshlarning universitetimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi.