Bugun 2-aprel kuni Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida tyutorlar G.Husainova va S.Abbasovalar “Milliy taomlar haftaligi” chelenjining ikkinchi kunini yuqori kayfiyat bilan o’tkazishdi.
Tyutorlar talaba-qizlarimiz bilan birga, o‘zbek milliy taomlaridan ko’k somsa, qatlama, patir kabilar hamda turli xildagi shirinliklar tayyorlab, yotoqxonadagi talabalarga tarqatishdi.