“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida qizlar o‘rtasida futbol va voleybol musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda talaba-qizlar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi.