"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Komplayens nazorati" bo'limi va tyutor Islomov Pirnazar hamkorlikda Marketing-124 guruh talaba-yoshlari ishtirokida "Korrupsiyadan holi ta'lim muassasasi" mavzusida davra suhbati 24.03.2025 sanasida o'tkazildi. Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida shaffoflikni ta'minlash maqsadida o'tkazilgan davra suhbati jarayonida talabalarda uchrayotgan muammolar bilan yaqindan tanishildi va ijobiy tomonga hal etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik kuchini ham jalb etish zarurligi ta'kidlab o'tildi.