13-aprel kuni Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Shaxriyor Sharipov bir guruh 3-bosqich sirtqi yo‘nalishi talabalari bilan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqanddagi ko‘plab ziyoratgohlarga sayohatini tashkil qildi.
Ushbu sayohat talabalar uchun ham ziyorat, ham amaliyot jarayoni bo‘lib xizmat qildi. O‘qituvchi talabalarga turizm yo‘nalishidagi ayrim jihatlar xususida gapirib berdi.