2025-yil 24-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan jahon san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan ingliz dramaturgi va Uyg‘onish davrining shoiri Uilyam Shekspirning tavallud topgan kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda talabalar tomonidan adib ijodiga mansub bo‘lgan sahna asarlari ingliz tilida ijro qilindi. Talabalar ushbu ijrolarni zo‘r qiziqish va mahorat bilan tomoshabinlarga yetkazib berdi. Bu kabi ijrolar talabalarning jahon adabiyotini yanada chuqurroq o‘rganishga zamin yaratadi.