Ma’ruza davomida notiq O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning tarixiy ildizlaridan tortib zamonaviy tendensiyalari va kelajak istiqbollarigacha bo‘lgan asosiy jihatlarini batafsil ko‘rib chiqdi. Talabalar mamlakatning boy madaniy merosi, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbus va loyihalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar.
Ma’ruza talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida bilim va tajriba almashishga xizmat qildi.