Tadbirda ofitsiantlik faoliyatining asosiy jarayonlari, mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishning nozik jihatlari hamda ushbu sohada qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan xatolar haqida qiziqarli va amaliy tushunchalar berildi.
Mashkov Aleksandr o‘zining ko‘p yillik tajribasiga tayanib, talabalar bilan restoran biznesidagi eng muhim ko‘nikmalar, mehmondo‘stlik standartlari va professional yondashuvlar haqida baham ko‘rdi. Master-klassda qatnashganlar nafaqat nazariy bilimlar, balki real hayotdagi misollar va amaliy maslahatlar ham oldilar.
Ushbu tadbir universitet talabalari uchun restoran sohasidagi kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan qimmatli imkoniyat bo‘ldi.