Delegatsiya a’zolarida Turizm akademiyasi faoliyati hamda bu yerdagi turizm laboratoriyalari katta taassurot qoldirdi. Turizm akademiyasida Nara shahri hokimi Gen Nakagava va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning hamda yaponiyalik va samarqandlik bir guruh tadbirkorlar o‘zaro muloqoti tashkil qilindi. Ma’lumot o‘rnida, 2022-yilda Samarqand va Nara shaharlari birodarlashish to‘g‘risidagi bitim imzolangan.