O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida” gi 117-son buyrug‘iga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha 2025-2026-oʻquv yili uchun ajratilgan ta’lim grantlarining oʻzaro nisbati tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti quyidagicha izohlangan:
To‘liq ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti
To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti.