Sayt Test rejimda ishlamoqda
  • icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Universitet haqida
      • Ramzlar
      • Aloqa
    • Rektor tabrigi
      • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • Universitet nizomi
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menejmenti
    • Kafedralar
      • Turizm menejmenti
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Raqamli ta'lim texnologiyalar va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Buxgalteriya
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Komplayens nazorat bo'limi
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Ofis registratori bo'limi
    • Ilmiy faoliyat
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
      • E-jurnal
        • E-jurnal
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirar bo'limi
      • Tyutorlar bo'limi
      • Psixologik xizmat
      • Sport mashg'ulotlari bo'limi
      • Xotin-qizlar bo'limi
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
  • Abituriyentlarga
    • Qabul-2025
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • Kirish imtihonlari
      • O‘tish ballari
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • 2024/2025
    • Tizimlar
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Yuksak e'tirof
    • Galereya
Oldingi sayt
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
  • info@example.com
shape
shape
shape

Rahbariyat

Home Rahbariyat

Senat

image

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senati uning faoliyati bilan bog‘liq asosiy masalalarni ko‘rib chiqish maqsadida universitet rektori raisligida tashkil etilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senati tarkibiga ma’lum yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan yirik olim va mutaxassislar, xalq ta’limi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi viloyat bo‘limlari rahbarlari kiradi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senati o‘z faoliyatini har yili tasdiqlanadigan o‘quv yili rejasiga muvofiq amalga oshiradi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy faoliyatning barcha masalalari bo‘yicha qarorlari ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Senat rektor raisligida universitet faoliyati bilan bog‘liq asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun tashkil etilgan.

Senat tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, mustaqil tashkilotlar va universitet tarkibidagi sektorlar direktorlari tomonidan tuziladi. Senatning qolgan a’zolari yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan saylangan Senat a’zolarining soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Senat tarkibiga universitetning dolzarb masalalari bo‘yicha ish olib borayotgan yirik olim va mutaxassislar kirishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.

Senat tarkibi universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har bir o‘quv yilining boshida Senatga yangi a’zolar saylanadi yoki Nizomga muvofiq kiritiladi.

Senatning maqsad va vazifalari

Senat maqsadi – O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlarida belgilangan davlat ta’lim standarti talablari darajasida ko’nikma, malaka, bilimga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni universitetning intellektual potensiali va boshqa imkoniyatlarini hisobga olgan holda tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

Universitet Senati:

Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganadi, shuningdek, universitet faoliyatining asosiy vazifalariga doir tavsiya va topshiriqlarni ilgari suradi;

Xalq xo‘jaligida bitiruvchi-mutaxassislarga ehtiyoj bo‘lgan buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik, marketing xizmatlari, shuningdek, qabul komissiyasi qabul natijalari, universitet ilmiy jamoalari, akademik liseylar, fakultetlarning o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglaydi;

Professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ish rejalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi;

Professor-o‘qituvchilar va talabalar orasidan bo‘lgan nomzodlarni “Iste’dod” va boshqa Fondlar orqali chet el oliy o‘quv yurtlarida amaliyot o‘tashini tavsiya qiladi;

Oliy o‘quv yurtlarining mustaqil tadqiqotchilar va iqtidorli talabalari orasidan nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va va boshqa davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishlarini tavsiya qiladi;

“Sog‘lom avlod uchun” Fondi bilan hamkorlikda talabalarning sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

Talabalarning malaka amaliyoti samaradorligini oshirish, shuningdek, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, asosiy buyurtmachilar bo‘lgan tashkilotlar, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish masalalarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarni muhokama qiladi va ishlab chiqadi;

Xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

O‘quv faoliyati bilan shug‘ullanadigan kichik korxonalar, firmalar va kurslar faoliyati to‘g‘risida rahbar xodimlarning hisobotlarini tinglaydi va tegishli qarorlar qabul qiladi;

Universitet talabalari va o‘qituvchilarining mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi.

Senatni tashkil qilish

Universitet Senati o‘z faoliyatini har yili tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi. Senat rejasi uning a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Universitetning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Senatning qarorlari ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Senat majlisi, agar unda umumiy qatnashuvchilar sonining kamida 2/3 qismi ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tkazilgan hisoblanadi.

Tanlov va taqdimnomalar bo‘yicha professor yoki dosent ilmiy unvonlarini berish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar lavozimiga tayinlash borasidagi qarorlar belgilangan tartibda yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Senat qarorlari universitet rektori tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.

Senat majlisi bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma Senat raisi va spiker tomonidan imzolanadi.

Ilmiy kengash raisi Ilmiy kengash qarorlarining bajarilishini tekshirishni tashkillashtiradi va bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risida Ilmiy kengash a’zolariga hisobot beradi.


Qidiruv
Post toifasi
  • Sport 8
  • Ta`lim 7
  • Maktablar 0
  • Ilmiy 36
  • Talabalar 55
  • Korrupsiya 4
  • Bitiruvchilar 1
  • Yoshlar va tadbirkorlik 2
  • Grantlar 5
  • Mehmonlar 9
  • Yashil makon 2
  • Ma'rifat soati 4
Oxirgi xabar
  • image
    2025-04-25
    2025-yil 24-aprel kuni Samarqanddagi Qirol Sejong institutida koreys xattotligi darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birinchi bosqich talabalari, shuningdek, Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi koreys tili katta o‘qituvchisi - Baymatova Munira ishtirok etdi.
  • image
    2025-04-25
    Bugun, 25-aprel kuni universitetimizga Shandon provinsiyasi teleradiokompaniyasi hujjatli filmlar direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga universitetimiz haqida to‘liq ma’lumot berildi.
  • image
    2025-04-25
    Germaniyada me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha mutaxassis ma’ruza o‘qidi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Silk Road” Xalqaro Tadqiqot Instituti bilan hamkorlikda madaniy yodgorliklarni restavratsiya va saqlash bo‘yicha taniqli mutaxassis Jens V.Jordan ishtirokida ma’ruza tashkil etdi.
Tags
Ta'lim Ilmiy tadqiqotlar Texnologiyalar Talabalar hayoti Xalqaro hamkorlik Konferensiyalar Grantlar Innovatsiyalar Karyera Tadbirlar Yutuqlar Yangiliklar
shape
shape
shape
shape
shodow

Universitet

  • Haqida
  • Aloqa
  • Universitet yangiliklari
  • Eʻlonlar

Biz bilan bog'laning

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

  • Ish vaqti:

    Dush - Jum: 09.00 - 18.00

  • Qoʻngʻiroq qiling:

    +99866 240-67-68

© Copyright «Silk Road» International University of Tourism and Cultural Heritage 2018-2024

  • Terms & Condition
  • uniRank.org