Sayt Test rejimda ishlamoqda
  • icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Universitet haqida
      • Ramzlar
      • Aloqa
    • Rektor tabrigi
      • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • Universitet nizomi
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menejmenti
    • Kafedralar
      • Turizm menejmenti
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Raqamli ta'lim texnologiyalar va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Buxgalteriya
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Komplayens nazorat bo'limi
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Ofis registratori bo'limi
    • Ilmiy faoliyat
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
      • E-jurnal
        • E-jurnal
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirar bo'limi
      • Tyutorlar bo'limi
      • Psixologik xizmat
      • Sport mashg'ulotlari bo'limi
      • Xotin-qizlar bo'limi
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
  • Abituriyentlarga
    • Qabul-2025
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • Kirish imtihonlari
      • O‘tish ballari
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • 2024/2025
    • Tizimlar
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Yuksak e'tirof
    • Galereya
Oldingi sayt
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
  • info@example.com
shape
shape
shape

Magistratura

Home Magistratura

Nizom

image

“Ipak yo'li”  turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risida

1-bob. Umumiy qoidalar

Mazkur nizom “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (keyigi o’rinlarda – universitet) magistraturasiga talabgorlarni tanlov natijalari asosida tanlab olish orqali o'qishga qabul qilishning tartibi, qoidalari va shartlarini belgilaydi.

Universitet magistraturasiga o’qishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq davlat grantlari va to’lov-shartnoma asosida, shuningdek, Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan tartib va tamoyillarga hamda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul qilish universitet qabul komissiyasi tomonidan universitet bazasida ixtisoslashtirilgan proktoring tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul universitetdagi mavjud tegishli yo’nalishlari hamda Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh oliy ta’lim yo’nalishlari ro’yxati bo’yicha bakalavr darajasiga yoki oliy ma’lumotli mutahassis malakasiga ega bo’lgan shaxslar o’rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.

Universitet magistraturasiga qabul barcha uchun teng huquqlik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, bunda kirish imtihonida eng yuqori ball talabgorning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan talabgorlar esa ballar reytingti asosida belgilangan to’lov-shartnoma kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga ega bo’ladilar.

Universitet magistraturasiga qabul  bo’yicha maxsus komissiya ish olib boradi. Qabul komissiyasining tarkibi universitetning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Qabul komissiyasi mutaxassislik fanidan kirish testini va suhbatini o’tkazish uchun ma’sul hisoblanadi.Qabul komissiyalari a’zolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi. Qabul komissiyasi  kirish imtihonini samarali tashkil etish uchun mutahassislik fani bo’yicha ishchi guruhi, shuningdek, proktoring ishchi guruhini ham tashkil etadi.

 Magistratura ta’lim mutaxassisliklarda o’qish faqatgina ingliz tilida olib boradi va o’qish muddati kredit – modul tizimi bo’yicha 2 yilni tashkil etadi. O’qish muddati ayrim  mutaxassisliklar bo’yicha 1 yil qilib ham belgilanishi mumkin. Universitet magistraturasi bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomi asosida magistr darajasi beriladi.

Universitet magistraturasi bitiruvchilariga xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida tegishli mutaxassisliklar bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida davlat namunasidagi diplom va magistr darajasi berilishi mumkin.

2-bob. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish.

Universitetga xorijiy fuqarolarni magistraturaga qabul qilish O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustan “Xorijiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasi  ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 169 – sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.                                               

Xorijiy fuqarolarni universitet magistraturasiga qabul qilish ingliz tilida insho yozish va qabul komissiyasining suhbat o’tkazish jadvaliga ko’ra amalga oshiriladi va universitet qabul komissiyasining tegishli bayonnomasi hamda qarori bilan rasmiylashtiriladi. Shuningdek, suhbat jarayoni videoyozuv orqali yozib olinadi. Xorijiy fuqarolar universitet magistraturasigadavlat granti va to’lov – shartnoma asosida qabul qilinishi mumkin.

3-bob.  Hujjatlarni qabul qilish tartibi

 Magistraturaga kirish test sinovlari boshlanishidan bir oy avval, universitet qabul komissiyasi magistraturaga  qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan kvotalar haqidagi axborotni belgilangan tartibda axborot vositalari orqali e’lon qiladi.

O’qishga kirish uchun ariza beruvchilarningt hujjatlari qabul komissiyasi tomonidan 2021-yil 10-iyuldan 20-avgustga  qadar Examus Proctoring tizimining onlayn ro’yxatidan o’tish orqali qabul qilinadi.

Examus Proctoring  tizimida ro’yxatdan o’tish universitetning maxsus veb – saytida zaruriy talablarga muvofiq holda ishlab chiqilgan talabgorning shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirishga talabgorlar universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarini elektron shaklda Examus Proctoring tizimiga yuklashlari shart:

a) bakalavr yoki oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom va uning ilovasi nusxalari (pdf shaklida);

b) ma'lumotnoma (rezyume) va pasport nusxasi (pdf);

c) fotosurat (jpeg);

d) chop etilgan ilmiy maqola yokii tezislar nusxasi (mavjud bo'lgan taqdirda);

e) qonun hujjatlariga muvofiq o’qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning nusxasi;

f) IELTS bo'yicha kamida 6,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo'yicha kamida В2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo'yicha kamida  79 va undan yuqori ballik ko'rsatkichi bo'lgan sertifikat nusxasi (amal qilish muddati o'tmagan bo'lishi kerak).

 Magistraturaga  kiruvchilarga mutaxassislik fanidan kirish test sinovlarining o’tkazilish sanasi  Examus Proctoring tizimi orqali har bir talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Hujjatlarni qabul qilish muddati tugaganidan so’ng, unga har qanday qo’shimcha va o’zgartirish kiritish qat’iyan man etiladi.

4-боб. Test sinovlari va suhbat jarayonlarini o’tkazish

Universitet magistraturasiga  kirishga talabgorlar ingliz tilidan tegishli sertifikatga ega bo’lishlari bilan birga o’zlari tanlagan mutahassislik yo’nalishlari bo’yicha kirish test sinovlarini topshirishi shart. Mutaxassislik fanidan kirish test sinovlari va suhbat 2021-yil 25-26-avgust kunlari o’tkaziladi.

 Magistraturasiga mutahassislik fanidan test sinovlari  quyidagi funksiyalarga ega bo’lgan sun’iy intellekt yordamida oldindan o’rnatilgan Examus proсtoring  tizimi orqali shaxsiy kompyuter vositasida amalga oshiriladi:

  • foydalanuvchining autentifikatsiyasi;

  • test topshirish jarayonida tartib buzishlarini qayd etish;

  • auditoriyani boshqarish;

  • yuzni tanib olish va  test topshiruvchining qarash yo’nalishini aniqlash;

  • shaxsiy kompyuterning ish stolidagi faol oynaning o'zgarishini boshqarish;

  • begona shaxsini borligini yoki yo'qligini aniqlash;

  • talabgorening ekranini namoyish qilish.

Kuzatish tizimi talabgorning pasporti va fotosurati asosida shaxsni tasdiqlaydi va talabgorga test sinovlaridan o'tishga imkon beradi.

Mutaxassislik fanidan kirish test sinovlarini o’tkazish ijtimoiy tarmoqlar va Internetga to'g'ridan-to'g'ri va ochiq video uzatish formatida amalga oshiriladi.

Mutaxassislik fanidan test sinovlarida jami 50ta test beriladi. Test sinovlari topshirish uchun belgilangan vaqt 80 daqiqa tashkil etadi.

Abituriyent barqaror Internet aloqasini ta'minlash uchun javobgardir. Kirish testi paytida aloqa yo'qolgan taqdirda, shuningdek, video signal uzilib qolganda, abituriyent test sinovlaridan chetlashtiriladi.

Abituriyent test topshiriqlarining to'g'ri javoblari uchun javobgardir. Test sinovlari javoblarini noto'g'ri yozgan yoki testlarni topshirish qoidalarini buzgan talabgorlarning da'volari ko'rib chiqilmaydi. Test sinovlari qoidalarini qo'pol ravishda buzgan talabgor universitetda o'qishga loyiq emasligi sababli test sinovlaridan chetlashtiriladi.

Mutaxassisligi bo'yicha testni qayta topshirish taqiqlanadi.

Universitetda apellyatsiya komissiyasining ishi belgilangan tartibda tashkil etiladi.

Agar abituriyent test sinovi yoki intervyu natijalaridan norozi bo'lsa, ular suhbat natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 24 soat ichida sinov ishi ustidan shikoyat qilish to'g'risida ariza bilan Apellyatsiya qo'mitasi raisiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatni ko'rib chiqish muddati uch kundan oshmasligi lozim.

5-bob. Magistraturaga to'lov – shartnoma asosida o’qishga qabul qilish va to’lov hajmini belgilash.

Magistraturaga nomzodlarni pullik asosda qabul qilish test sinovlari ballarining reytingi bo’yicha yagona qoidalari asosida Vasiylik Kengashi tomonidan belgilangan joylar kvotasi doirasida amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasining magistraturaga to’lov-shartnoma asosda qabul qilish tavsiyasi to’g’risidagi qaroridan so'ng abituriyent va universitet o'rtasida shartnoma tuziladi.

 Shartnomalar blankalari  universitetning qabul komissiyasi tomonidan test sinovlari va suhbat natijalari e'lon qilingan kundan boshlab beriladi va 2 nusxada rasmiylashtiriladi.

Shartnoma shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitet to'lov- shartnoma miqdorini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega.

Vasiylik kengashi belgilangan to'lov- shartnoma  summalarini magistratura talabalarining ayrim toifalari uchun imtiyozlar berish huquqiga ega

6-bob. Prezident va nomdor stipendiyalarini magistraturaga qabul qilish
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo'lgan va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo'lgan talabalar bakalavriatni bitirganlaridan keyin bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo’yicha magistraturaga kirish test sinovlarisiz grant asosida universitetda ta’lim tilini hisobga olgan holda  qabul qilinadi.

7-боб. Magistraturaga qabul qilish

Magistraturaga qabul natijalari test va suhbat kuni universitetning veb-saytida e'lon qilinadi.

Qabul qilingan magistrlarning shaxsiy jildi shakllantirib, shartnoma imzolangandan so'ng, magistrantlar universitet rektorining buyrug'i bilan belgilangan tartibda darslarga qabul qilinadi.


Qidiruv
Post toifasi
  • Sport 8
  • Ta`lim 7
  • Maktablar 0
  • Ilmiy 36
  • Talabalar 55
  • Korrupsiya 4
  • Bitiruvchilar 1
  • Yoshlar va tadbirkorlik 2
  • Grantlar 5
  • Mehmonlar 9
  • Yashil makon 2
  • Ma'rifat soati 4
Oxirgi xabar
  • image
    2025-04-25
    2025-yil 24-aprel kuni Samarqanddagi Qirol Sejong institutida koreys xattotligi darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birinchi bosqich talabalari, shuningdek, Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi koreys tili katta o‘qituvchisi - Baymatova Munira ishtirok etdi.
  • image
    2025-04-25
    Bugun, 25-aprel kuni universitetimizga Shandon provinsiyasi teleradiokompaniyasi hujjatli filmlar direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga universitetimiz haqida to‘liq ma’lumot berildi.
  • image
    2025-04-25
    Germaniyada me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha mutaxassis ma’ruza o‘qidi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Silk Road” Xalqaro Tadqiqot Instituti bilan hamkorlikda madaniy yodgorliklarni restavratsiya va saqlash bo‘yicha taniqli mutaxassis Jens V.Jordan ishtirokida ma’ruza tashkil etdi.
Tags
Ta'lim Ilmiy tadqiqotlar Texnologiyalar Talabalar hayoti Xalqaro hamkorlik Konferensiyalar Grantlar Innovatsiyalar Karyera Tadbirlar Yutuqlar Yangiliklar
shape
shape
shape
shape
shodow

Universitet

  • Haqida
  • Aloqa
  • Universitet yangiliklari
  • Eʻlonlar

Biz bilan bog'laning

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

  • Ish vaqti:

    Dush - Jum: 09.00 - 18.00

  • Qoʻngʻiroq qiling:

    +99866 240-67-68

© Copyright «Silk Road» International University of Tourism and Cultural Heritage 2018-2024

  • Terms & Condition
  • uniRank.org