Sayt Test rejimda ishlamoqda
  • icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Universitet haqida
      • Ramzlar
      • Aloqa
    • Rektor tabrigi
      • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • Universitet nizomi
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menejmenti
    • Kafedralar
      • Turizm menejmenti
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Raqamli ta'lim texnologiyalar va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Buxgalteriya
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Komplayens nazorat bo'limi
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Ofis registratori bo'limi
    • Ilmiy faoliyat
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
      • E-jurnal
        • E-jurnal
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirar bo'limi
      • Tyutorlar bo'limi
      • Psixologik xizmat
      • Sport mashg'ulotlari bo'limi
      • Xotin-qizlar bo'limi
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
  • Abituriyentlarga
    • Qabul-2025
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • Kirish imtihonlari
      • O‘tish ballari
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • 2024/2025
    • Tizimlar
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Yuksak e'tirof
    • Galereya
Oldingi sayt
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
  • info@example.com
shape
shape
shape

Eʻlonlar

Home Eʻlonlar
image
  • 2025-02-14

XALQARO TURIZM AKADEMIYASIDA 2025 YIL UCHUN QABUL BOSHLANDI!!!

Xalqaro turizm Akademiyasi Samarqand kampusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Butunjahon turizm tashkilotining 2023 yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan 25-sessiyasida ilgari surgan taklif va tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 iyuldagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga asosan tashkil qilingan.

UN Tourism bilan hamkorlikda tashkil etilgan Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasi Sizga turizm va mehmondo‘stlik sohasida yetuk kadr bo‘lish imkoniyatini taqdim qiladi. Shveysariyaning Le Rosh turizm va mehmondo‘stlik maktabi (Les Roches Hospitality School) andozalari asosida qurilgan zamonaviy o‘quv binosida yetuk mutaxassis bo‘lish uchun turizm sohasiga aloqador 15 ta laboratoriya va barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega zamonaviy kampus mavjud.

Xalqaro trenerlar rahbarligida o‘qing hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasining barcha sir-sinoatlarini kashf eting!!!

QABUL BOSHLANDI!

MUDDAT:

            Ariza topshirish muddati:

            Kirish suhbati:

            O‘qishning boshlanish muddati: 2025 yil 1 aprel.

Nima uchun Xalqaro turizm akademiyasini tanlash kerak?

Har biri 1 oydan bo‘lgan 8 ta modulli quyidagi yo‘nalishlar orqali turizm va mehmondo‘stlik  sohasini xalqaro tajribalarga asoslangan dasturlar orqali xorijlik professor-o‘qituvchilardan o‘rganish imkoniyati:

MEHMONDO‘STLIKNI BOShQARISH DASTURI

(8 TA MODUL, 8 OY).

“Mehmondo‘stlikni boshqarish” dasturi mehmondo‘stlik sohasini boshqaruv nuqtai nazaridan har tomonlama o‘rganish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi. Dastur mehmondo‘stlik sohasining asosiy yo‘nalishlariga qaratilgan 8 ta modulni o‘z ichiga oladi. Eng yaxshi amaliyotlar hamda boy nazariy bilimlarni o‘zida mujassam etgan ushbu dastur sohadagi eng so‘nggi tendensiyalar va boshqaruv usullaridan xabardor bo‘lishni ta’minlaydi.

Modullar:

1.    Turizmning innovatsion, muqobil va barqaror tendensiyalari.

Ushbu modul turizm sohasidagi innovatsion, muqobil va barqaror tendensiyalarni qamrab oladi hamda bo‘lajak mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislarini ushbu yo‘nalishlarda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi.

2.    Tadbirkorlik, biznesni modellashtirish va inqiroz menejmenti.

Bu modul esa mehmondo‘stlik sanoatida tadbirkorlik, biznes modellashtirish va inqirozlarni boshqarishning muhim jihatlarini qamrab oladi. Ular trenerlarni tadbirkorlik prinsiplari, strategik rejalashtirish, inqirozlarga tayyorgarlik, innovatsiya va moliyaviy boshqaruv bo‘yicha bo‘lajak mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislarini o‘qitish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi.

 3.    Loyiha menejmenti va xalqaro inson resurslari.

“Loyiha menejmenti va xalqaro inson resurslari” moduli talabalarga mehmondo‘stlik sanoatida loyihalar hamda inson resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etishga qaratilgan. Talabalar loyiha boshqaruvining asosiy tamoyillari va uslublarini, shuningdek, xalqaro ishchi kuchini boshqarish amaliyoti va qiyinchiliklarini o‘rganadilar.

4.    Ilg‘or moliya va byudjetlashtirish.

“Ilg‘or moliya va byudjetlashtirish” moduli talabalarga mehmondo‘stlik sanoatida qo‘llaniladigan ilg‘or moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish metodlarini o‘rgatishga qaratilgan. Talabalar daromad va xarajatlarni tahlil qilish va baholash, prognozlash modellarini qo‘llash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda moliyaviy ko‘rsatkichlardan foydalanish ko‘nikmalarini egallaydilar.

 5.    Marketing strategiyalari va mehmonxona menejmenti uchun ma’lumotlar tahlili.

 Ushbu modulda talabalar mehmonxona boshqaruvi sohasida marketing strategiyalari, raqamli marketing, ma’lumotlar tahlili hamda tajribaviy marketing va savdo, marketing tushunchalari, barqaror marketing, innovatsion savdo strategiyalari, global strategik marketing, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish va biznesni optimallashtirish uchun ma’lumotlar tahliliga doir bilimlarni egallaydi.

 6.    Daromadlarni boshqarish.

 “Daromadlarni boshqarish” moduli talabalarga mehmondo‘stlik  sohasida samarali daromad va narx belgilash strategiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etishga qaratilgan.

 7.    Mehmondo‘stlik ko‘chmas mulki va investitsiyalar.

 “Mehmondo‘stlik ko‘chmas mulki va investitsiyalar” moduli talabalarga xalqaro mehmondo‘stlik va ko‘chmas mulk sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etishga qaratilgan. Tinglovchilar moliyaviy tahlil, investitsiya strategiyalari, mehmonxonani rivojlantirish, aktivlarni boshqarish, samarali kommunikatsiya, jamoaviy ish va doimiy kasbiy rivojlanish bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘ladilar.

 8.    Tadbirlar menejmenti.

 “Tadbirlar menejmenti” moduli talabalarga ushbu sohada tadbirlarni muvaffaqiyatli rejalashtirish, boshqarish hamda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi. Talabalar tadbirlarni loyihalashtirish, logistika, marketing, xavf-xatarlarni boshqarish strategiyalari, shuningdek, turli tadbirlar uchun protokol va etiket talablarini o‘rganadilar.

Shuningdek, Akademiyada o‘qish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

-  UN Tourism tomonidan taqdim qilinadigan hamda xalqaro tan olinadigan sertifikat bilan dunyo bo‘ylab turizm va mehmondo‘stlik sohasida ishlash imkoniyati;

-  Amaliy treninglar, stajirovkalar va xalqaro kompaniyalar bilan tanishuv imkoniyatlari;

-  Xalqaro va mahalliy stajirovka imkoniyatlari;

-  Eng so‘nggi ilg‘or texnologiyalar va vositalardan foydalanish imkoniyati;

Turizm akademiyasi trenerlari jamoasi:

UN Tourism Akademiyasining dunyoning yetakchi universitetlaridan bo‘lgan Sorbon universiteti, London universiteti, Uels universiteti, Andorra universiteti va boshqa yetakchi universitetlar professor-o‘qituvchilari;

Kolumbiya universiteti, London biznes va moliya universiteti, Le Roshe universiteti, Alikante universiteti, Vestminster universiteti, Sejong universiteti, Suvong universiteti, Shveysariya menejment maktabi kabi dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olgan hamda malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar;

O‘zbekistondagi Hilton, Wyndham, Marriott, Hyatt Regency va boshqa top mehmonxonalar menejerlari tomonidan master klasslar.

KIMLAR MUROJAAT QILISHI MUMKIN?

            Maktab bitiruvchilari;

            Litsey, kollej va texnikum bitiruvchilari;

            Turizm sohasida o‘z malakacini oshirishni xohlovchi mutaxassislar;

            Xalqaro tan olinadigan mehmonxonalar tarmoqlarida ishlashni xohlovchilar;

            Dasturda ishtirok etish imkoniyatiga ega barcha;

IMKONIYATLAR!

Bitta, bir nechta yoki to‘liq dasturni o‘qish imkoniyati;

Fransiyaning Sorbon universiteti, Andorra universiteti, Buyuk Britaniyaning London Universiteti (UCL), Avstraliyaning Yangi Janubiy Uyels Universiteti (UNSW) va Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan UN Tourism bosh qarorgohida joylashgan ofisida hamda xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i hisoblanadigan Hilton, Marriot, Accor va Wyhdham kabi mashhur brend tarmoqlarda malaka oshirish va ishlash imkoniyati.

Akademiyada mavjud laboratoriya va amaliy mashg‘ulot o‘quv bazalaridan foydalanish;

Zamonaviy kutubxonada mavjud kitoblar bazasidan foydalanish;

Turli xil sport to‘garaklari va tadbirlarda ishtirok etish.

QANDAY MUROJAAT QILINADI:

Veb-saytimizga tashrif buyuring: https://admissions.tourism-academy.uz/

Uzoq muddatli yoki qisqa muddatli kurslar uchun onlayn ariza shaklini to‘ldiring;

Kerakli hujjatlar (transkript, ID va boshqalar)ni yuklang.

GRANTLAR MAVJUD!

Biz eng munosib va intiluvchan nomzodlar uchun stipendiyalarni taklif qilamiz.

Turizmda orzuyingizdagi maqsad sari ilk qadamni tashlang. Hoziroq murojaat qiling va dunyo turizm va mehmondo‘stlik sohasiga kirib keling!

Savollar uchun biz bilan bog‘laning:

📞 +99866-240-67-82


📧 admissions@tourism-academy.uz

 


Share:   
Qidiruv
Post toifasi
  • Sport 8
  • Ta`lim 7
  • Maktablar 0
  • Ilmiy 36
  • Talabalar 55
  • Korrupsiya 4
  • Bitiruvchilar 1
  • Yoshlar va tadbirkorlik 2
  • Grantlar 5
  • Mehmonlar 9
  • Yashil makon 2
  • Ma'rifat soati 4
Oxirgi xabar
  • image
    2025-04-25
    2025-yil 24-aprel kuni Samarqanddagi Qirol Sejong institutida koreys xattotligi darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birinchi bosqich talabalari, shuningdek, Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi koreys tili katta o‘qituvchisi - Baymatova Munira ishtirok etdi.
  • image
    2025-04-25
    Bugun, 25-aprel kuni universitetimizga Shandon provinsiyasi teleradiokompaniyasi hujjatli filmlar direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga universitetimiz haqida to‘liq ma’lumot berildi.
  • image
    2025-04-25
    Germaniyada me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha mutaxassis ma’ruza o‘qidi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Silk Road” Xalqaro Tadqiqot Instituti bilan hamkorlikda madaniy yodgorliklarni restavratsiya va saqlash bo‘yicha taniqli mutaxassis Jens V.Jordan ishtirokida ma’ruza tashkil etdi.
Tags
Ta'lim Ilmiy tadqiqotlar Texnologiyalar Talabalar hayoti Xalqaro hamkorlik Konferensiyalar Grantlar Innovatsiyalar Karyera Tadbirlar Yutuqlar Yangiliklar
shape
shape
shape
shape
shodow

Universitet

  • Haqida
  • Aloqa
  • Universitet yangiliklari
  • Eʻlonlar

Biz bilan bog'laning

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

  • Ish vaqti:

    Dush - Jum: 09.00 - 18.00

  • Qoʻngʻiroq qiling:

    +99866 240-67-68

© Copyright «Silk Road» International University of Tourism and Cultural Heritage 2018-2024

  • Terms & Condition
  • uniRank.org