24-aprel kuni "Ipak yo'li" turizm madaniy meros xalqaro universiteti tyutorlari P.Islomov va M.Tilavovlar Samarqand shahgidagi Alisher Navoiy va O'zbekiston mahallalari raislari bilan yaqin muloqot qilib, hududdagi xonadonlarning shart-sharoiti, ijarada yashovchi talabalarning xonadon egalari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldi. Bu esa talaba-yoshlarning yanada tinch-xotirjam yashashiga muhim zamin yaratadi.
2024-yil 23-aprel kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Rossiya davlat turizm va servis universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida, "Turizm" kafedrasi dotsenti Firuz Zohidov tomonidan Rossiya davlat turizm va servis universiteti talabalari uchun "O‘zbekiston turizmi: tarixi, buguni va istiqbollari" mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
2025-yil 24-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan jahon san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan ingliz dramaturgi va Uyg‘onish davrining shoiri Uilyam Shekspirning tavallud topgan kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
DIQQAT E’LON! TANLOVDA QATNASHING VA G‘OLIBGA AYLANING “Eng yaxshi videoroliklar” ssenariylari tanlovi! “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Mening universitetim: imkoniyatlari va istiqbollar” mavzusida videorolik ssenariylari uchun tanlov e’lon qiladi!
Bugun 23-aprel kuni “ Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida, Talabalar ligasi doyrasida 1-2 bosqich talaba yoshlari o'rtasida, sportning voleybol turi boyicha, saralash musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqada talabalar jamoalar bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi.
Universitetdа"Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi tаshаbbusi bilаn "Global tadqiqotlar" fanidan o'tkazilgan universitet ichki olimpiadasi natijalari e'lon qilindi!