“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tillar va Global tadqiqotlar kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi 2025-yil 8-aprel kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha 2025-2026-oʻquv yili uchun ajratilgan ta’lim grantlarining oʻzaro nisbati tasdiqlandi.
Navbatdagi ilmiy ish himoyasi
Talabalarimiz kunni ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlashmoqda. Bugun 4-aprel kuni Talabalar turar joyi sport maydonchasida tyutorlar, sport klubi mutaxassislari hamkorligida talabalar bilan tonggi badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
Bugun 4-aprel kuni Registon majmuasining Mirzo Ulug‘bek madrasasida bir guruh universitetimiz talabalari tomonidan haftaning juma kuni milliy kiyimlar kuni munosabati bilan "Milliy kiyimlar ko‘rgazmasi"tashkil etildi. Ko‘rgazmada talaba qizlar milliy matolardan zamonaviy uslubda tikilgan kiyimlarni xorijlik hamda mahalliy sayyohlarga namoyish qilishdi
Bugun 4-aprel Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh faol va bilimli talabalari ham volontyor sifatida ishtirok etishmoqda.