Bugun 25-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Ta’lim va Kasb-2025" ko‘rgazmasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Bugun Turizm akademiyasida HoReCa bo‘limi tashabbusi bilan restoran sohasidagi tajribali mutaxassis Aleksandr Mashkov tomonidan “Ofitsiantning asosiy vazifalari” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Germaniyada me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha mutaxassis ma’ruza o‘qidi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Silk Road” Xalqaro Tadqiqot Instituti bilan hamkorlikda madaniy yodgorliklarni restavratsiya va saqlash bo‘yicha taniqli mutaxassis Jens V.Jordan ishtirokida ma’ruza tashkil etdi.
Bugun, 25-aprel kuni universitetimizga Shandon provinsiyasi teleradiokompaniyasi hujjatli filmlar direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga universitetimiz haqida to‘liq ma’lumot berildi.
2025-yil 24-aprel kuni Samarqanddagi Qirol Sejong institutida koreys xattotligi darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birinchi bosqich talabalari, shuningdek, Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi koreys tili katta o‘qituvchisi - Baymatova Munira ishtirok etdi.
23-aprel kuni “Ipak yo’li“ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Talabalar turar joyida talaba-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida milliy taomlar tayyorlandi. "Milliy taomlar-millat iftixori" shiori ostida talaba qizlarga milliy taomimiz bo’lgan holvautar tayyorlandi.